100015, O‘zbekistan Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi 22

Abriyev Nodir Safarovich

Director

Abriyev Nodir Safarovich 2014-yilda Jizzax politexnika institutini «Kimyo-texnolog» mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Loyihalashtirish, sanoat qurilishi, neft-gaz sohasi va elektroenergetika yoʻnalishlarida 12 yildan ortiq ish tajribasiga ega.

Kasbiy faoliyatining asosiy yoʻnalishlari — investitsiya va EPC-loyihalarni boshqarish, energetika va sanoat obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, loyiha hamda pudrat tashkilotlarini muvofiqlashtirish, loyiha jamoalarini boshqarish.

Qabul soatlari: Payshanba 16:00 — 17:00

Tel. +998 (78) 140-67-01

Gerasina Elina Aleksandrovna

Texnik direktor

Elina Aleksandrovna Gerasina 2010-yilda A.R. Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining magistraturasini «Elektr stansiyalari» mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Loyihalashtirish, sanoat qurilishi, elektroenergetika va neft-gaz sohasida 16 yildan ortiq ish tajribasiga ega.

Kasbiy faoliyatining asosiy yoʻnalishlari — energetika obyektlarini loyihalashtirishga texnik rahbarlik qilish, kuchlanishi 220 kV gacha boʻlgan podstansiyalar hamda elektr uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish va rekonstruksiya qilish, loyiha jamoalarini boshqarish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, texnik ekspertiza va muhandislik yechimlari sifatini nazorat qilish.

Qabul soatlari: Chorshanba 16:00 — 17:00

Tel. +998 (78) 140-67-01

[mailpoet_form id="4"]

Materiallardan har qanday foydalanish uchun "Issiqlikelektrloyiha" AJ veb-saytiga havola kerak

Skip to content