100015, O‘zbekistan Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi 22

«Issiqlikelektrloyiha» AJ o’zining sifat menejmenti tizimining ISO 9001:2015 standartiga muvofiqligini tasdiqladi.

«Issiqlikelektrloyiha» AJ ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiqligi bo’yicha sifat menejmenti tizimining qayta sertifikatlash auditidan muvaffaqiyatli o’tdi.

Audit sertifikatlashtirish organi “Total Quality Service” XK tomonidan o’tkazildi. Audit kompaniyaning sifat menejmenti tizimi xalqaro standartlarga mos kelishini va samarali ishlayotganini tasdiqladi.

Audit davomida boshqaruv jarayonlarining barqaror ishlashi, xodimlarning yuqori darajadagi kasbiy tayyorgarligi va bajarilgan ishlar sifatini ta’minlashga tizimli yondashuv qayd etildi.

ISO 9001:2015 sertifikatining tasdiqlanishi kompaniyaning ishonchliligi va barqaror rivojlanishining muhim ko’rsatkichi bo’lib, «Issiqlikelektrloyiha» AJning sifat va doimiy takomillashtirish tamoyillariga sodiqligini namoyish etadi.

«Issiqlikelektrloyiha» AJ kelgusida xam sifat menejmenti tizimini rivojlantirish va mijozlar ehtiyojini qondirishni oshirishga alohida e’tibor berishda davom etadi.

Olingan sertifikat kompaniyaning sifat menejmenti tizimining xalqaro talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi va hamkorlar va mijozlarning ishonchini mustahkamlaydi.

[mailpoet_form id="4"]

Materiallardan har qanday foydalanish uchun "Issiqlikelektrloyiha" AJ veb-saytiga havola kerak

Skip to content